Medvedev majlisga kechikib kelgan vazirga budilnik qo‘yishni maslahat berdi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishRossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev
Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Men kecha safardan kech qaytganim bilan, mana bugun vaqtida joyimdaman, sizni esa kutishga to‘g‘ri keldi. Har joyingizga budilnik qo‘ying unda", - deya vazirga tanbeh bergan Medvedev hukumat majlisini boshlar ekan

TOShKENT, 30 mar — Sputnik. Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumat majlisiga kechikib kelgan qishloq xo‘jalik vaziri Aleksandr Tkachevga tanbeh berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Premyer-ministr RF D.Medvedev - Sputnik O‘zbekiston
Medvedev va Aripov iqtisodiy hamkorlik masalasini muhokama qilishadi
"Aleksandr Nikolayevich (Tkachev — tahr.) hukumat majlisiga kechikib kelish yaramaydi. Biz sizni kutib qoldik. Men kecha safardan kech qaytganim bilan, mana bugun vaqtida joyimdaman, sizni esa kutishga to‘g‘ri keldi. Har joyingizga budilnik qo‘ying unda", — deya vazirga tanbeh bergan Medvedev hukumat majlisini boshlar ekan.

Nashr xabariga ko‘ra, bir kun oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dmitriy Medvedev bilan birgalikda Frans Iosif yeri arxipelagini ko‘zdan kechirishgan.

"Rossiya rahbari va Bosh vazir Arktikada tozalik ishlari qanday amalga oshirilganini ko‘zdan kechirishdi", — deb xabar qilgan nashr. O‘shanda Medvedev Arxangelskda Akrtika forumi ish boshlashini va unda Qishloq xo‘jalik vaziri Aleksandr Tkachev ham qatnashishini aytib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0