23:01 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
150781

Prezident 25 mart kungi shahar aylanishdan koʻngli toʻlmagan. U koʻpriklar qurilishi boʻyicha olib borilgan ishlar va militsiya faoliyatidan qoniqish hosil qilmagan

TOSHKENT, 31 mar — Sputnik. 2017 yil 30 mart kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalar ijrosi, tizimdagi muammolar va sohalarning rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan videoselektor oʻtkazdi.

Selektorda soha va tizimda shu davrgacha amalga oshirilgan ishlar boʻyicha hisobotlar taqdim etildi.

"Oʻzbekiston" telekanali "Axborot" dasturida berilgan lavhada aytilishicha, deb yozgan "Kun.uz" nashri videoselektorda koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash, kommunal, sogʻliqni saqlash sohalari, ichki ishlar tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari koʻrib chiqilgan.

Videoselektorda ishtirok etgan manbaning maʼlumot berishicha, prezident asosan Ichki ishlar tizimidagi kamchiliklar haqida gapirgan.

Prezident 25 mart kungi shahar aylanishdan koʻngli toʻlmagan. U koʻpriklar qurilishi boʻyicha olib borilgan ishlar va militsiya faoliyatidan qoniqish hosil qilmagan.

Yunusobod tumani rahbariyati faoliyati keskin tanqid qilingan. Aynan shu sababdan nafaqat tuman hokimi, balki, Soliq boshqarmasi, prokuratura va IIB rahbarlari ham ishdan olingan.

Majlisda Toshkent shahri hokimi, prokuror, IIB boshligʻi hamda Soliq boshqarmasi rahbariga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun 2 oy muhlat berilgan.

Teglar:
militsiya, tanqid, Mirziyoyev

Asosiy mavzular