Kattaqo‘rg‘on hokimi o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shatildi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBo‘sh kursi
Bo‘sh kursi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kattaqo‘rg‘on paxta, meva-sabzavot, uzum yetishtirish bo‘yicha viloyatda yetakchi o‘rinda turadi, lekin bu mahsulotlarni qayta ishlash, eksportbop tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha hududda birorta korxona mavjud emas. Ishlab turibdi deb aytilayotgan 681 ta subyektning ham 132 tasi haqiqatda faoliyat ko‘rsatmayotganligi aniqlangan

TOShKENT, 5 apr — Sputnik. 1-aprel kuni xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Saparali Azimov o‘z arizasiga muvofiq Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasidan ozod etildi, deb xabar qildi Samarqand hokimligi matbuot-xizmati.

Bolalar poliklinikasi - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandning qator tumanlarida oilaviy poliklinikalar paydo bo‘ladi
Xabarda ta’kidlanishicha, 2016-yil yakuni bilan tumanda sanoat mahsulotlari 8 %ga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 7 % va xizmatlar hajmi 14 %ga, chakana savdo hajmi 16 %ga o‘sgani e’tiborli. Tuman dehqonlari o‘tgan yil 33 ming tonna paxta va 24,5 ming tonna g‘alla yetishtirib, viloyat xirmoniga salmoqli hissa qo‘shdi.

Lekin tumanda ko‘plab mummolar ham to‘planib qolgan. Xalq bilan muloqotning samarali yo‘lga qo‘yilmagani oqibatida odamlarning tuman hokimligi va boshqa idoralarga ishonchi yo‘qolgan. Viloyat va respublika idoralariga ariza va shikoyatlar ko‘paygan.

Bugungi kunda tumanda ro‘yxatga olingan 764 ta kichik biznes subyektning 83 tasi faoliyat ko‘rsatmayapti. Ishlab turibdi deb aytilayotgan 681 ta subyektning ham 132 tasi haqiqatda faoliyat ko‘rsatmayotganligi aniqlangan. "Buning oqibatida ayni paytda tumanning viloyat sanoatidagi ulushi atigi 3 %ni tashkil etmoqda", — deyiladi xabarda.

Tuman paxta, meva-sabzavot, uzum yetishtirish bo‘yicha viloyatda yetakchi o‘rinda turadi, lekin bu mahsulotlarni qayta ishlash, eksportbop tovarlar ishlab chiqarish bo‘yicha birorta korxona mavjud emas. Tumanda bor-yo‘g‘i 2 ta xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona mavjud va bu viloyat ko‘rsatkichining 1 %ni ham tashkil qilmaydi.

Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, O‘zbekiston Ekologik harakati Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Azzamov Xudoyberdi Surxonovich Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Yangiliklar lentasi
0