MDH davlatlari delegatsiyalari Toshkentga yetib keldilar

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMDH davlatlari delegatsiyalari
MDH davlatlari delegatsiyalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MDH TIVK yig‘ilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni ta’minlashda ko‘p tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 7 apr — Sputnik. MDH davlatlari delegatsiyalari Toshkentga yetib keldilar, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti MDH Ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlari TIV kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Belarus TIV rahbari Vladimir Makey, Qozog‘iston TIV rahbari Kayrat Abdraxmanov, Qirg‘iziston TIV rahbari Erlan Abdildayev, Rossiya Federatsiyasi TIV rahbari Sergey Lavrov, Tojikiston TIV rahbari Sirodjidin Aslov, Ozarbayjon TIV rahbari o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Moldova Respublikasi tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy, Turkmaniston TIV rahbari o‘rinbosari Vepa Xadjiyev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegatsiyalar yetib kelgani xabar qilinmoqda.

7-aprel kuni ochiladigan MDH TIVK yig‘ilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni ta’minlashda ko‘p tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0