07:47 26 Iyun 2019
Efir
  • RUB135.34
  • EUR9731.96
  • USD8562.34
Maxsus boʻlinma harakatlari

Oʻzbekistonda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etiladi

© Sputnik / Press-slujba VS Izrailya
Siyosat
Havola olish
63610

Oʻzbekiston prezidentining yangi farmonida IIV tizimida qator tashkiliy oʻzgartishlar kiritish nazarda tutilgan

TOSHKENT, 11 apr — Sputnik. Kuni kecha Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni taʼminlashda ularning masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi farmonni imzoladi.

Hujjatda taʼkidlanishicha, ichki ishlar organlari quyi boʻgʻini faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida farmon bilan tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi (boʻlinmasi) boshligʻi lavozimini joriy etish koʻzda tutilmoqda.

Uning zimmasiga profilaktika inspektorlari ishini, avvalambor, voyaga yetmaganlar hamda yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha ishini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatiladi.

Shu bilan birga, farmonda tizimda qator tashkiliy oʻzgartishlar nazarda tutilgan. Ayni paytda dunyoning turli mintaqalarida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning yangi tahdidlari paydo boʻlayotgani jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi faoliyatni ichki ishlar organlarining birinchi darajali vazifasi sifatida yanada kuchaytirish zarurligini taqozo etmoqda.

Ushbu holatlar eʼtiborga olingan holda, Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi negizida Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi hamda Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda.

Jinoyatlarni tergov qilish ichki ishlar organlarining yana bir muhim vazifalaridan biridir. Shu munosabat bilan, tergov organlarining mustaqilligini taʼminlash, ularning oʻz vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Tergov bosh boshqarmasi Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiga oʻzgartirilmoqda.

Taʼkidlash oʻrinliki, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi qoniqarli darajada emasligi ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud kamchilik va muammolar sabablaridan biridir.

Asosiy mavzular