Jizzax viloyatining Do‘stlik tumaniga yangi hokim tayinlandi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyBo‘sh kreslo
Bo‘sh kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax viloyati hokimligi rahbariyati tarkibida qator o‘zgarishlar ro‘y berdi

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. 12-aprel kuni xalq deputatlari Do‘stlik  tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Jizzax viloyati matbuot-xizmati. 

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident buyrug‘i: barcha qonunlar o‘z vaqtida, sifatli va so‘zsiz bajarilsin
Ta’kidlanishicha, sessiyada viloyat hokimi Ulug‘bek Uzakov so‘zga chiqib, tuman salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari, keyingi yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va yechimini kutayotgan muammolar haqida mulohaza yuritgan.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi.

Aripov Akram Oromovich Do‘stlik tumani hokimi etib tasdiqlangan. A.Aripov shu vaqtgacha Jizzax viloyati hokimining  qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tumanni bir necha yillar boshqargan  Bababekov Abdusattor Raxmonovich o‘z vazifasidan ozod etilgan.

Shuningdek, Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Xolmatov Rustam  Qurbonnazarovich tayinlanganligi xabar qilingan.

Bo‘sh kreslo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda to‘rt viloyat hokimi yangi o‘rinbosarlarga ega bo‘ladi
Xolmatov Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani "Oqqo‘rg‘on" shirkatlar birlashmasi bosh iqtisodchisi,  Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, Toshkent viloyati Chinoz tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari – viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimi, Toshkent viloyati hokimi,  "Paxtasanoat Ilmiy Markazi" aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish va iqtisod bo‘limi boshlig‘i, shu aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi maslahatchisi, Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimlarida mehnat qilgan.

U egallab turgan lavozimda shu vaqtgacha Do‘stlik tumani hokimi Aripov Akram Oromovich faoliyat yuritayotgan edi, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 11-aprel kuni kengaytirilgan videoselektorda Shavkat Mirziyoyev tomonidan Qo‘qon shahar hokimi Abdullayev Akramjon Anorqulovich lavozimidan ozod etilgan edi. Undan tashqari, shahar prokurori, soliq boshlig‘i va ichki ishlar boshlig‘i ishdan olingan.

Yangiliklar lentasi
0