Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi sanoat korxonalari, ijtimoiy obyektlarga tashrif buyurdi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlati rahbari bu yerda import tovarlarni mahalliylashtiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidlagan

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 12-aprel kuni poytaxtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Ta’kidlanishicha, Mirziyoyev Chilonzor tumanidagi "Rele va avtomatika" aksiyadorlik jamiyatiga tashrif buyurgan.

Aksiyadorlik jamiyatining umumiy yer maydoni 3,91 gektar, ishlab chiqarish maydoni 2,26 gektar. Bu yerda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuchlanishli qurilmalar tayyorlanmoqda, shu yo‘nalishda xizmatlar ko‘rsatilmoqda. Hududda ishlab chiqarishni kengaytirish uchun yaxshi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.

Jamiyatning bo‘sh turgan binolari negizida texnopark tashkil etilib, 2017-2018 yillarda 10 investitsiya loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyihalar natijasida bu yerda kassa va terminal uchun qog‘ozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kanselyariya tovarlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Davlati rahbari bu yerda import tovarlarni mahalliylashtiradigan, eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish zarurligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0