Toshkentning Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi

Obuna bo‘lish
Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev qaysi ishga o‘tgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q

TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Toshkent shahri Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi, deb xabar qildi "Kun.uz".

Chinovnik s portfelem - Sputnik O‘zbekiston
Yunusobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Nashrning yozishicha, Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Rahmonov Baxtiyor Sultonovich endilikda ushbu tuman hokimi sifatida ish boshlaydi.

"Rahmonov Toshkent shahri hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi", — deyiladi xabarda.

Sergeli tumanining avvalgi hokimi Furqat Maqsudxo‘jayev qaysi ishga o‘tgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Biroz oldinroq Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Dilmurod Turdiyev Rahmatjonovich Toshkent shahri Yashnobod tumaniga hokim bo‘lgani xabar qilingan edi.

O‘zbekiston va jahondagi eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lishni istasangiz, Sputnik O‘zbekistonning Telegram-kanaliga obuna bo‘ling.

Yangiliklar lentasi
0