02:27 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Siyosat
Havola olish
32620

Amerikalik generalning soʻzlariga koʻra Qoʻshma Shtatlar Oʻzbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashga tayyor

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. AQSH Qurolli kuchlari Markaziy Qoʻmondonlik qoʻmondoni Jozef Leonard Votel Oʻzbekistonga amalga oshirgan rasmiy safari davomida Ikkinchi jahon urushi vaqtida halok boʻlganlar xotirasiga hurmat bajo keltirib, "Motamsaro ona" monumenti poyiga gulchambar qoʻydi. Bu haqda AQShning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻzining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida xabar qilgan.

Komanduyuщiy Tsentralnogo komandovaniya Voorujyonnыx sil SSHA Djozef Leonard Votel u monumenta Skorbyaщey materi v Tashkente
Komanduyuщiy Tsentralnogo komandovaniya Voorujyonnыx sil SSHA Djozef Leonard Votel u monumenta "Skorbyaщey materi" v Tashkente

Oʻz safari davomida Jozef Votel Toshkentdagi Xast-Imom majmuasini ziyorat qildi. Amerikalik generalning rasmiy safari joriy yilning aprel oyi oxirida boʻlib oʻtganligi aytilgan.

Komanduyuщiy Tsentralnogo komandovaniya Voorujyonnыx sil SSHA Djozef Leonard Votel u monumenta Skorbyaщey materi v Tashkente
Komanduyuщiy Tsentralnogo komandovaniya Voorujyonnыx sil SSHA Djozef Leonard Votel u monumenta "Skorbyaщey materi" v Tashkente

Eslatib oʻtamiz, ushbu safar davomida Jozef Votel va Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama,, shu jumladan, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni muhokama qilishgan. Amerika generali Amerika Qoʻshma Shtatlari Oʻzbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanligini tasdiqlagan.

Djozef Leonard Votel vo vremya ekskursii
Djozef Leonard Votel vo vremya ekskursii
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Teglar:
harbiy hamkorlik, general, Amerika, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular