20:35 14 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB145.75
  • EUR10354.03
  • USD9433.34
Oʻzbek militsiya xodimlari

Mirziyoyev militsiya xodimlari nega xalqqa yaqinlashtirilganini tushuntirdi

AP Photo / Mikhail Metzel
Siyosat
Havola olish
116520

Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumaniga tashrifi doirasida tuman ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 8-shahar ichki ishlar boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

TOSHKENT, 30 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumaniga tashrifi doirasida tuman ichki ishlar boshqarmasi qoshidagi 8-shahar ichki ishlar boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Mirziyoyev ichki ishlar boʻlimi xodimlari bilan muloqot qilib, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha amalga oshirilayotgan ish jarayoni bilan tanishganligi aytilmoqda.

"Ichki ishlar idoralarini xalqqa yaqinlashtirishdan maqsad jinoyatchilikning oldini olish, uning asl sabablarini aniqlash, aholining huquq va erkinliklari, tinch va osuda hayotini taʼminlashdan iborat", degan Mirziyoyev.

Shu yerda "Avtokon" – avtomashinalarning davlat raqamlarini avtomatik aniqlash va qoidabuzarliklarni qayd etish maxsus apparatining taqdimoti oʻtkazildi. Yoʻl harakati inspektori mashinasiga oʻrnatiladigan ushbu maxsus qurilma qoidabuzarlik sodir etib, jarima toʻlamay yurgan transport vositalarini bevosita harakat jarayonida aniqlash imkonini beradi.

Qurilmani yanada takomillashtirish yuzasidan zarur koʻrsatmalar berildi, deyilgan xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular