00:07 20 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Oʻzbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov

Kamilov: Oʻzbekiston tez orada erkin konvertatsiya uchun barcha sharoitlarni yaratadi

Sputnik
Siyosat
Havola olish
98430

TIV rahbari Oʻzbekiston, boshqa davlatlar singari sarmoyachilarni faol jalb etishga harakat qilayotgani va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun ishlar olib borilayotganini taʼkidladi

TOSHKENT, 19 iyul — Sputnik. Oʻzbekiston yaqin kelajakda oʻz milliy valyutasini toʻliq konvertatsiyasi uchun barcha sharoitlarni yaratadi, deb bayonot qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "Oʻzbekiston — Yevropa Ittifoqi" hamkorligi kengashi yigʻilishi soʻngida boʻlib oʻtgan matbuot-anjumani vaqtida.

"Men oʻylaymanki biz yaqin istiqbolda valyutamiz toʻliq konvertatsiyasi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratamiz, kapitalni va daromadni vatanga qaytarish mexanizmlarini takomillashtiramiz, banklarimiz, sud organlari faoliyatini yanada yaxshilash, qolaversa, investitsiya uchun jozibador muhitni shakllantirish ustida ish olib boramiz", — dedi Kamilov.

TIV rahbari Oʻzbekiston, boshqa davlatlar singari sarmoyachilarni faol jalb etishga harakat qilayotgani va mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash uchun ishlar olib borilayotganini taʼkidladi, deb yozadi "Podrobno.uz".

"Bu borada jiddiy xalqaro institutlar bizni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini his qilyapmiz. Mana deyarli uch kun oldin Shavkat Mirziyoyev xalqaro valyuta jamgʻarmasi ijrochi direktori Kristin Lagarddan maktub oldi. Lagard Oʻzbekistonda oʻtkazilayotgan islohotlar, jumladan, valyuta islohotini maʼqullashini aytib oʻtgan", — deb qoʻshimcha qilgan Kamilov.

Eslatib oʻtamiz, Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ijrochi direktori Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga yoʻllagan maktubida shuningdek, jamgʻarma xodimlari yaqin orada Toshkentga borishini bildirgan edi.

Teglar:
Kamilov, konvertatsiya, valyuta

Asosiy mavzular