Jizzaxda Sharof Rashidov busti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Penson / Mediabankka o‘tishSh.R.Rashidov
Sh.R.Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytda Sharof Rashidov hayoti bilan bog‘liq arxiv hujjatlari va fotoarxivlarini o‘rganish, tarixiy xujjatlar va fotolavhalar asosida "Murakkab davrning matonatli shaxsi" nomli fotoko‘rgazmani tashkil etish ishlari olib borilmoqda

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Jizzaxdagi Sharof Rashidov tumani hokimligi binosi oldida Sharof Rashidov bustining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Jizzax viloyat hokimligi.

Babrak Karmal, Sharaf Rashidovich Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi keng nishonlanadi
Davlat va jamoat arbobi, yozuvchi, adib Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligi munosabati bilan  "Xalqimizning otash qalb farzandi" mavzusidagi tadbir viloyat va tuman hokimligi, "Nuroniy" jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, viloyat Ma’naviyat — targ‘ibot markazi va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan.

Tadbirda shuningdek, viloyat hokimi Ulug‘bek Uzoqov hamda Sharof Rashidovning katta farzandi, kimogar olima, O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Sayyora Rashidova hamda uning yaqin qarindoshlari, viloyat va tuman jamoatchiligi vakillari ishtirok etgan.

© Sputnik / A. Vorotinskiy / Mediabankka o‘tishO‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Misr prezidenti Gamal Abdul Nosir va O‘zbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi Sharof Rashidov Toshkentdagi aerodromda saf tortib turgan faxriy qorovul yonidan o‘tishmoqda
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Misr prezidenti Gamal Abdul Nosir va O‘zbekiston SSR  Oliy kengashi prezidiumi raisi Sharof Rashidov Toshkentdagi aerodromda saf tortib turgan faxriy qorovul yonidan o‘tishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Misr prezidenti Gamal Abdul Nosir va O‘zbekiston SSR Oliy kengashi prezidiumi raisi Sharof Rashidov Toshkentdagi aerodromda saf tortib turgan faxriy qorovul yonidan o‘tishmoqda

Tadbir avvalida Sharof Rashidov tumani hokimligi binosi oldida tantanali ravishda Sharof Rashidov bustining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir qatnashchilari buyuk adib yodgorligiga o‘zlarining cheksiz hurmatlarini namoyish etdilar va bust poyiga gullar qo‘yishdi.

Shundan so‘ng tuman hokimligi katta majlislar zalida Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan qator taniqli yozuvchi ijodkorlar ishtirokida ilmiy amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Jizzax tumani Sharof Rashidov nomi bilan ataladi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2017-yil 27-martda "Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi.

Ushbu qarorga asosan taniqli davlat va jamoat arbobining 100-yilligi O‘zbekistonda keng nishonlanadi. Uning nomini abadiylashtirish yuzasidan respublikada, shu bilan birga Jizzax viloyatida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan Mirziyoyev qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat hokimligi tomonidan maxsus chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Unga ko‘ra Sharof Rashidov xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha juda katta tashkiliy-amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, Jizzax shahrida Sharof Rashidov xotirasiga bag’ishlangan yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda.

Sharof Rashidov hayoti va ijodiy faoliyati bilan xalqimiz ayniqsa yosh avlodni yaqindan tanishtirish maqsadida uning memorial uy muzeyi qaytadan ta’mirlanmoqda.

Sh.Rashidov sharafiga Jizzax shahri markazida haykal va ijod bog‘i barpo etilmoqda. Adib tug‘ilib o‘sgan Jizzax tumaniga uning nomi berilgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Prezident rejalar ijrosi bilan tanishish maqsadida Jizzax viloyatiga keldi
Ayni paytda Sharof Rashidov hayoti bilan bog‘iq arxiv hujjatlari va fotoarxivlarini o‘rganish, tarixiy xujjatlar va fotolavhalar asosida "Murakkab davrning matonatli shaxsi" nomli fotoko‘rgazmani tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyatidagi barcha ta’lim muassasalarda, mahalla, korxona va tashkilotlarda Sharof Rashidovning hayot yo‘li, boy ijod namunasi asosida "Sharof Rashidovning O‘zbekiston tarixida tutgan o‘rni", "Sharof Rashidov — murakkab va mashaqqatli davrning buyuk farzandi" mavzularida "Xotira soati" hamda Sharof Rashidov bilan bir davrda yashagan va uning faoliyatini yaqindan bilgan keksalar, madaniyat va san’at namoyondalari olim va ziyolilar hamda shoir — yozuvchilar ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda.

© Sputnik / Vasiliy Malishev / Mediabankka o‘tishKuba inqilobi yetakchisi, Kuba KP Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSSRga tashrifi, aprel-iyun oylari 1963-yil. Fidel Kastro va O‘zbekiston SSR Birinchi kotibi Sharof Rashidov Toshkent aholisini qarshi olishmoqda.
Kuba inqilobi yetakchisi, Kuba KP Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSSRga tashrifi, aprel-iyun oylari 1963-yil. Fidel Kastro va O‘zbekiston SSR Birinchi kotibi Sharof Rashidov Toshkent aholisini qarshi olishmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Kuba inqilobi yetakchisi, Kuba KP Birinchi kotibi Fidel Kastroning SSSRga tashrifi, aprel-iyun oylari 1963-yil. Fidel Kastro va O‘zbekiston SSR Birinchi kotibi Sharof Rashidov Toshkent aholisini qarshi olishmoqda.

Viloyat musiqali drama teatrida Sharof Rashidovning "Kashmir qo‘shig‘i" asarini sahnalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0