2028 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi

Obuna bo‘lish
Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlarini uchinchi marta qabul qiladi. O‘tmishda Olimpiya o‘yinlari bu shaharda 1932 va 1984-yillarda o‘tkazilgan

TOShKENT, 2 avg — Sputnik. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bilan 2028-yilda yozgi Olimpiada o‘yinlarini Los-Anjeles shahrida o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar qildi Los-Anjeles shahar kengashi prezidenti Gerb Uessonning matbuot-kotibi Kaolin Meyza. 

Toshkent Olimpiada qatnishchilarini kutib oldi - Sputnik O‘zbekiston
Gullar, mushakbozlik va olqishlar – Toshkent Olimpiada g‘oliblarini kutib oldi
Meyza hafta oxirlarida kelishuv kengash tomonidan ko‘rib chiqilishini ma’lum qilgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi 2024- va 2018- yillarda Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazishga Parij va Los-Anjeles shaharlari nomzodlarini rasman tasdiqlagan edi. Ular yagona nomzod bo‘lish bilan birgalikda shaharlarning qay biri qaysi o‘yinni qabul qilishi noma’lumligicha qolayotgandi.

Dushanba kuni Los Anjeles Tayms nashri 2028-yilgi Olimpiada o‘yinlarini Los-Anjelesda o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishilgani haqida xabar tarqatdi. Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi 2024 va 2028-yilgi o‘yinlar o‘tkaziladigan joylar yuzasidan sal kechroq bayonot berishi qo‘shimcha qilingan edi.

Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlarini uchinchi marta qabul qiladi. O‘tmishda Olimpiya o‘yinlari bu shaharda 1932 va 1984-yillarda o‘tkazilgan.

AQSh oxirgi marta yozgi Olimpiadani 1996-yilda Atlantada qabul qilgan. 2002-yilda AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida qishki Olimpiada bo‘lib o‘tgan.

Yangiliklar lentasi
0