Islom Karimov haykali poyi gulchambarlarga to‘lmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzV Tashkente otkrit pamatnik Pervomu Prezidentu Respubliki Uzbekistan Islamu Karimovu
V Tashkente otkrit pamatnik Pervomu Prezidentu Respubliki Uzbekistan Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"U kishi bizga bebaho meros - mustaqillikni in’om etdi. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshgan g‘oyat ulug‘ va mardonavor ezgu ishlarni munosib davom ettirishda sobitqadam bo‘lishimiz kerak", - deb fikr bildirgan haykal poyiga gul qo‘yish uchun Namangandan kelgan veteranlardan biri

TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Ayni vaqtda Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohi oldida buyuk davlat va siyosat arbobi, mustaqil O‘zbekiston asoschisi, birinchi Prezident Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan haykal poyi gullarga burkangan, deb xabar qildi Hukumat portali matbuot-xizmati.

Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yish marosimi - Lola Karimova jiyani Imon Karimova bilan - Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning qizi Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘yishda qatnashdi
Xabarda aytilishicha, bugun vazirlik, idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, poytaxt aholisi va mehmonlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlardan kelgan keng jamoatchilik vakillari Islom Karimov haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, xotirasini yod etmoqda.

"Birinchi Prezidentimiz aziz umrini jonajon yurtimiz, xalqimiz baxtu saodati, bugungi tinch va farovon kunlarimizga bag‘ishladi, xalqimiz o‘y-fikri bilan yashadi. Islom Karimovdan ozod va obod Vatan meros bo‘lib qoldi", — deyiladi xabarda.

Namangan viloyatidan kelgan mehnat faxriysi Sobirjon Otajonov birinchi prezident Islom Karimov xotirasi har bir O‘zbekiston fuqarosining yuragidan chuqur joy olganini e’tirof etdi.

"U kishi bizga bebaho meros — mustaqillikni in’om etdi. Hozir xayolimizdan ko‘p xotiralar o‘tayapti, hayot yo‘llarini mushohada qilayapmiz. Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshgan g‘oyat ulug‘ va mardonavor ezgu ishlarni munosib davom ettirishda sobitqadam bo‘lishimiz kerak. Bugun Islom Karimov haqiga duolar qildik, Yaratgandan yurtimizga tinchlik, xalqimizga omonlik, xayrli amallarimizga bardavomlik tiladik", — dedi veteran.

© UzA / Ulug‘bek Asrorov, Temur MamadaminovSveti u pamatnika Pervomu prezidentu Uzbekistana - Islamu Karimovu
Sveti u pamatnika Pervomu prezidentu Uzbekistana - Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Sveti u pamatnika Pervomu prezidentu Uzbekistana - Islamu Karimovu

Yangiliklar lentasi
0