18:55 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev

Mirziyoyev Qirgʻizistonga davlat tashrifi bilan bormoqda

© Sputnik / Vladimir Astapkovich
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
47610

Mirziyoyev va Atambayev ikki mamlakatning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladilar

TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston rahbari Almazbek Atambayev taklifiga binoan 5-6 sentyabr kunlari davlat tashrifi bilan Qirgʻizistonda boʻladi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Prezidentlari oʻzaro munosabatlarni rivojlantirishning asosiy masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash istiqbollari, ikki mamlakatning chegaraoldi hududlari aloqalarini faollashtirish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladilar.

Muzokaralar yakunlari boʻyicha ikki davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston davlat chegarasi haqidagi shartnoma, mamlakatlarimiz oʻrtasida turli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

 

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular