IIV rahbarligidan bo‘shatilgan Azizov O‘zbekiston Mudofaa vaziri etib tayinlandi

© Press-klubAbdusalom Azizov – Sobiq IIV vaziri
Abdusalom Azizov –  Sobiq IIV vaziri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV rahbarligidan ozod etilgan Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Ilgariroq O‘zbekiston IIV vaziri Abdusalom Azizov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Po‘lat Bobojonov egallagani haqida xabar bergan edik.

Abdusalom Azizov – O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston IIV vaziri o‘zgardi: Abdusalom Azizov o‘rnini sobiq prokuror egalladi
O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida Hukumat tarkibida yuz bergan yangi o‘zgarishlar haqida rasmiy ma’lumot chop etildi.

Xabarga ko‘ra, IIV rahbarligidan ozod etilgan Abdusalom Azizov O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri lavozimiga tayinlangan.

Bu lavozimni unga qadar Kabul Berdiyev egallab kelayotgan edi.

Mirziyoyevning 2017-yil 4-sentabrdagi farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligidan ozod etilgan Kabul Berdiyev O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

 

Yangiliklar lentasi
0