12:07 18 Fevral 2018
Efir
Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi

"Oʻrtamizda chegara emas, doʻstlik darvozalari boʻladi" - ikki prezidentdan vaʼda

Ofitsialnыy sayt prezidenta KR
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
276291

Atambayev va Mirziyoyev uchrashuvi - prezidentlar nima haqda gaplashdilar va qanday vaʼdalarni berdilar? Oʻzbekiston prezidentining aytishicha, Atambayev bilan uchrashuv davomida koʻplab nozik masalalar hal etilgan

TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. 5-6 sentyabr kunlari Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻizistonga davlat tashrifini uyushtirdi.

Shu bugun ikki mamlakat prezidentlari tor doirada uchrashdilar va uchrashuvdan soʻng jurnalistlar oldida chiqish qildilar, deb xabar berdi Sputnik Qirgʻiziston nashri.

Tashrif buyurganlarga yuzlanar ekan, Almazbek Atambayev "sizlar bugun tarixiy voqeaning shohidi boʻlib turibsizlar", degan.

"Bugun biz chegaraning 85 %i belgilab olingani haqida kelishuv imzoladik, 15 %gina kelishilmagan qismi qoldi, xolos. Asosiysi siyosiy iroda, xohish-istak bor ekan har borada kelishish mumkinligiga amin boʻldik", — deb taʼkidlagan Qirgʻiziston prezidenti.

Shavkat Mirziyoyev bu haqiqatda tarixiy kun boʻlganini tasdiqlagan.

"Tasavvur qilyapsizmi, 25 yil ichida chegaraning bir kilometri ham belgilanmagan, bir yildan qisqa muddat ichida 85%i borasida kelishishga muvaffaq boʻlindi", — degan Mirziyoyev.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi chegaralar orqali erkin harakatlanish imkoni toʻgʻrisida masala koʻtarilgan. Atambayev chegarani kesib oʻtishdagi qiyinchiliklar Fargʻona vodiysi aholisi uchun koʻplab muammolarni yuzaga keltirmoqda, deya taʼkidlagan.

"Muzokaralar chogʻida barcha masalalar boʻyicha fikrlarimiz mos tushdi. Oʻzbekistonga uyushtiradigan safarimgacha boʻlgan muddat ichida, oʻylaymanki oktyabr oyida u boʻlib oʻtadi, bugungi kelishuvlarni roʻyobga chiqarishni rejalashtirmoqdamiz. Barcha chegara punktlari maksimal darajada ochiq boʻlib, odamlar ular orqali erkin harakatlanishlariga erishamiz, deb umid qilaman. Chegaralar muammolar manbai emas, balki doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik darvozasi boʻlmogʻi lozim", — deb aytgan Qirgʻiziston prezidenti.

Mirziyoyev gulduros qarsaklar ostida yigʻilganlarga bu borada hammasi boʻlishini maʼlum qilgan.

Shuningdek, Atambayev va Mirziyoyev GES masalasini muhokama qilganlar.

Ilgariroq Oʻzbekiston tomon Norin daryosida GES qurilishiga qarshi edi.

"Bugun biz suv masalalari va GES qurilishi borasida kelishuvga bora oldik. Almazbek Sharshenovich bironta ham stantsiya Oʻzbekiston ishtirokisiz qurilmasligini maʼlum qildi", — deb qayd etgan Mirziyoyev.

Oʻzbekiston prezidenti ushbu loyihalarni amalga oshirishda oʻz davlati Qirgʻizistonni moliyaviy tomondan hamda resurslar bilan qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan.

"Biz birgalikda Qambar-ota" GESini quramiz, u bizga zarur", — deb taʼkidlagan prezident.

Ikki davlat prezidentlari bir-birini bir necha marotaba "doʻst" va "birodar" deb atashgan va bir-birlaridan yaxshi gaplarni ayamaganlar.

Xususan, Atambayev qoʻshni mamlakatda soʻnggi bir yil ichida keskin oʻzgarishlar yuz berganini, pozitiv islohotlar hayotga tatbiq etilayotganini eʼtirof etgan. Shular oʻlaroq Oʻzbekiston nafaqat joʻgʻrofiy, balki siyosiy va iqtisodiy jihatdan mintaqa markaziga aylanishiga ishonch bildirgan.

"Siz soʻnggi oʻn yilliklarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston kutgan progressiv yetakchisiz. Men siyosiy donishmandligingiz uchun sizga yana bir bor tashakkur bildirmoqchiman", — degan Atambayev Mirziyoyevga yuzlanib.

Mirziyoyev oʻz navbatida qisqa davr ichida Atambayev rahbarligi ostida Qirgʻizistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasida koʻplab ishlar amalga oshirilganini eʼtirof etgan. Qirgʻiziston yutuqlari Oʻzbekiston va boshqa qoʻshni davlatlarni faqat xursand etishini qoʻshimcha qilgan.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular