12:39 20 Fevral 2018
Efir
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Atambayev va Mirziyoyev birgalikda GES qurish haqida kelishib olishdi

Ofitsialnыy sayt prezidenta KR
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
305 0 0

Oʻzbekiston Qirgʻizistonda Qambar-Ota GESi qurilishida faol ishtirok etadi.

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Almazbek Atambayev va Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Qirgʻiziston prezidentlari uchrashuv davomida Qirgʻizistonda yangi GESlar qurish haqida kelishib olishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Biz bu masala boʻyicha kelishib oldik. Almazbek Sharshenovich Oʻzbekiston ishtirokisiz birorta ham GES qurilmasligiga ishontirdi", — dedi Oʻzbekiston rahbari.

Shavkat Mirziyov, shuningdek, Qirgʻizistonda Oʻzbekiston Qambar-Ota GESi qurilishida ham faol ishtirok etishin taʼkidladi.

"U bizga kerak. Agar biz hamma ishni toʻgʻri qilsak bu ikkala davlatga ham foydali boʻladi", — dedi Mirziyoyev.

Eslatib oʻtamiz, oldin Oʻzbekiston Qirgʻizistonda yangi GESlar qurilishiga mutlaq qarshi edi, qishloq xoʻjaligini suv bilan taʼminlash masalasi birinchi oʻrinda turar edi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular