05:42 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev s suprugoy v aeroportu Manas

Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi yakunlandi

Ofitsialnыy sayt prezidenta Kыrgыzstana
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)
52920

Bugun 6 sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi

TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun, 6-sentyabr kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻiziston Respublikasiga davlattashrifi nihoyasiga yetdi.

Prezident Almazbek Atambayev "Manas" xalqaro aeroportida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni vataniga kuzatib qoʻydi.

Tadbirda ikki davlat rasmiy delegatsiyalari vakillari ishtirok etishdi.

Qirgʻiziston respublikasiga uyushtirilgan davlat tashrifi doirasida Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev tor va kengaytirilgan tarkibda ikki tomonlama muzokaralarni oʻtkazdilar.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi hamkorlikni imkon qadar chuqurlashtirish ikki mamlakat xalqlarining tub manfaatlariga xizmat qilishini taʼkidladilar. Tomonlar boʻlib oʻtgan muzokaralar va tashrif davomida imzolangan hujjatlar turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yangidan katta turtki boʻlishiga, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash hamda uning barqaror rivojlanishi va ravnaq topishiga koʻmak berishiga ishonch bildirdilar.

Tomonlar 2018-yilda Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qirgʻiziston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilganligining 25 yilligiga bagʻishlangan qator qoʻshma tadbirlarni oʻtkazishga kelishib oldilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevga va barcha qirgʻiz xalqiga oʻzbek delegatsiyasiga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik, iliq va doʻstona qabul uchun minnatdorchilik bildirdi hamda Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayevga javob tariqasida davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻlishni taklif qildi. Tashrifning aniq muddatlari diplomatik kanallar orqali kelishiladi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Qirgʻizistonga davlat tashrifi (14)

Asosiy mavzular