12:09 18 Fevral 2018
Efir
Musulmonlar

Nazarboyev: islomiy jamiyat murakkab sinovlarga duch kelmoqda

© Sputnik/ Grigoriy Sыsoyev
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)
52010

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Myanmadagi hodisalardan gʻoyat tashvishlanayotganini bildirdi

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Musulmon ummasi oxirgi vaqtlarda turli murakkab sinovlarga roʻbaro boʻlmoqda, deb bayonot qildi Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Yakshanba kuni Qozogʻistonning Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkiloti(IHT)ning Fan va texnologiyalar boʻyicha birinchi sammiti boshlandi. Tadbirda IHTning 56ta ishtirokchi-mamlakatlari, shuningdek, boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar qatnashishmoqda.

"Afsuski, keyingi vaqtlarda islom ummasi turli murakkab sinovlarga roʻbaro boʻlmoqda. Bular birinchidan, turli ekstremistik va terrorchilik tashkilotlarining tarqalishidir. Ularning terrorchilik hujumlaridan, eng avvalo, musulmon olami davlatlarining oʻzlari talafot koʻrmoqda", — dedi Nazarboyev sammit chogʻida.

Ikkinchidan, islomofobiyaning tarqalishi, musulmonlarga qarshi jinoiy harakatlar yildan-yilga ortmoqda, deb qoʻshimcha qligan Qozogʻiston prezidenti.

"Bizni, shuningdek, yaqinda Myanmada yuz bergan mojarolar tashvishlantirmoqda. Barcha tomonlarni zudlik bilan zoʻravonlikni toʻxtatishni va BMT doirasida suhbatga chaqiramiz", — davom etgan Nazarboyev.

Nazarboyev, shuningdek, bugungi kunda 1,5 milliarddan ortiq insonlarni birlashtirib turuvchi islom dunyosi oʻz birdamligini koʻrsatmayotganini achinish bilan taʼkidlab oʻtgan.

"Biz bu tufayli ham aziyat chekmoqdamiz. Musulmonlar oʻrtasidagi tarqoqlikdan va konfessiyalar boʻyicha ayirmakashlikdan tashqi kuchlar oʻz maqsadlari yoʻlida foydalanishmoqda. Biz buni yoʻqotishimiz kerak", — qoʻshimcha qilgan u.

Nazarboyev, oʻz vaqtida islom tsivilizatsiyasi dunyoning eng rivojlangan markazi boʻlganini va insoniyat tamadduni rivojiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshganini qayd etib oʻtgan.

Eslatib oʻtamiz, Myanma qurolli kuchlari Rakxayn shtatini islom jangarlaridan tozalash boʻyicha keng qamrovli operatsiyasi oʻtkazilmoqda. Islom jangarlarining Rakxayn shtatida politsiya va chegara mazkanlariga hujumi oʻtgan yilning oktyabr oyida sodir boʻlgan. Ikkinchi hujum 25 avgustda sodir boʻldi. Myanma davlat OAVlarining maʼlumotlariga koʻra, 10 kun davomida Rakxayn shtatida 400 kishi halok boʻldi, ulardan 30 tasi harbiylar va politsiyachilar 370 kishi esa — roxinya jangarilaridir.

Mavzu:
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)

Asosiy mavzular