02:52 20 Oktyabr 2018
Efir
  • RUB123.85
  • EUR9490.14
  • USD8208.04
Shavkat Mirziyoyev Ostona shahridagi IHT sammitida

Aksariyat musulmon davlatlari texnologiyalarda ortda qolmoqda - Mirziyoyev

© Sputnik / Bolat Shayxinov
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)
358290

Oʻzbekiston prezidenti islom dunyosi mamlakatlari orasida ilm-fan sohasida erishiladigan yutuqlar uchun IHT maxsus mukofotini taʼsis etish taklifini kiritdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Musulmon dunyosining aksariyat mamlakatlari ayni vaqtda fan va texnologiyalar sohasida ancha ortda qolmoqda, deb taʼkidlagan Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan  Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar mavzusidagi sammitida chiqishi vaqtida islom dunyosi jahon ilm va tamadduniga qoʻshgan hissasi bilan haqli ravishda faxrlanishi mumkinligini aytgan.

"Tan olish kerak, ayni vaqtda musulmon dunyosining koʻplab mamlakatlari rivojlangan davlatlarga nisbatan fan va texnologiyalar sohasida ancha ortda qolmoqda. Masalan, dunyoning eng yaxshi 500 universiteti reytingiga bizning tashkilotimiz ishtirokchi davlatlarining atigi 11ta OTMlari kiritildi. 2015 yilda IHT davlatlaridan patent olish boʻyicha berilgan arizalar soni bor-yoʻgʻi 1,9%ni tashkil qilgan", — degan Mirziyoyev.

"Taassuf bilan aytmoq joizki, boy tabiiy resurslar va moliyaviy salohiyatga egaligiga qaramay, musulmon davlatlarining aksariyati innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni iqtisodiyot sohasiga joriy etish borasida faollik koʻrsatmayaptilar", — deb qoʻshimcha qilgan Mirziyoyev.

Mirziyoyev IHT ishtirokchi-davlatlari oʻrtasidagi fan va texnologiyalar sohasida hamkorlikning yoʻlga qoʻyilishi islom dunyosining fan va texnologiyaga oid salohiyati uchun mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishiga umid bildirgan.

"Ulugʻbekning astronomiyaga qoʻshgan buyuk hissasiga eʼtirof ramzida Samarqand shahrida superzamonaviy teleskop oʻrnatish borasida tashkilot tomonidan kiritilgan taklifni minnatdorchilik bilan qabul qilamiz", — deb davom etgan Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyev Islom dunyosi mamlakatlarida ilm-fan sohasida erishiladigan yutuqlar uchun IHT maxsus mukofotini taʼsis etishni va bu mukofotni xalqaro sahnada ommalashtirishni taklif etgan. Oʻzbekiston prezidenti, shuningdek, IHTning fan va texnologiyalar boʻyicha sammitini uch yilda bir marta oʻtkazib turishni taklif qilgan va navbatdagi sammitni 2020 yilda Oʻzbekistonda oʻtkazishga tayyorligini bildirgan.

Mavzu:
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)

Asosiy mavzular