18:40 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi IHT sammiti vaqtida

Mirziyoyev Turkiya va Eron prezidentlari bilan uchrashdi

© Ofitsialnыy sayt prezidenta Respubliki Kazaxstan
Siyosat
Havola olish
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)
87110

Mirziyoyev IHT sammiti doirasida Toyib Erdoʻgʻon va Hasan Ruhoniylar bilan uchrashdi

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya va Eron prezidentlari bilan uchrashdi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrida oʻtayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon bilan uchrashdi.

Muzokarada Oʻzbekiston va Turkiyaning savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sayyohlik va boshqa sohalardagi aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi", — deyiladi xabar matnida.

Ostona shahrida oʻtayotgan Islom hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Oʻzbekiston rahbari shuningdek, Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy bilan uchrashgan. Muloqotda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning mustahkamlanishi oʻzaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni yanada kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Qozogʻistonning Ostona shahrida IHT ishtirokchi-davlatlarining fan va texnologiyalar boʻyicha sammiti boʻlib oʻtmoqda. Kuni kecha Oʻzbekiston rahbari Qozogʻiston prezidenti taklifiga binoan Ostonaga uchib ketdi.

Shavkat Mirziyoyev sammit doirasida xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ham ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Mavzu:
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)

Asosiy mavzular