Xitoydan va’da: Koreya yarimorolida urush boshlanishiga yo‘l qo‘ymaymiz

© Sputnik / Igor Ageyenko / Mediabankka o‘tishXitoy armiyasi
Xitoy armiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Xavfsizlik kengashi dushanba kuni kechqurun Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalarni kiritdi. Galdagi cheklovlarda KXDRga eksport va import hajmlari qisqartirilishi ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Xitoy Koreya yarimorolida harbiy harakatlar boshlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, mavjud muammo faqatgina tinch yo‘l bilan hal qilinishi kerak, deya bayonot qildi XXR TIV vakili Gen Shuan BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan Shimoliy Koreya bo‘yicha qabul qilingan yangi rezolyutsiyadan so‘ng.

Inauguratsiya izbrannogo prezidenta SShA D. Trampa v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: AQSh Shimoliy Koreyadan yadroviy qurol bilan himoyalanishga tayyor
"Yarimorol (Koreya yarimoroli — tahr.) muammosi faqatgina tinchlik yo‘li bilan hal etilishi kerak, bu yerda harbiy choralar haqida gap borishi mumkin emas. Xitoy yarim orolda betartiblik va urush yuzaga kelishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi", — deyiladi XXR Tashqi ishlar mahkamasi rasmiy saytida e’lon qilingan diplomat bayonotida.

Gen Shuan "Xitoy 2375-rezolyutsiya kompleks ravishda va to‘liq hajmda bajarilishiga umid qiladi", deb aytgan.

"Yarimorol muammosiga yechim topish uchun, barcha manfaatdor tomonlar o‘z bo‘yniga olgan majburiyatlarini bajarmoqlari, ularga topshirilgan tegishli rolni bajarishlari yarimorolda ziddiyatni pasaytirish uchun ta’sirli choralarni qo‘llashlari, suhbat va muzokaralarni qayta tiklashlari lozim", — deb qo‘shimcha qilgan diplomat.

Eslatib o‘tamiz, BMT Xavfsizlik kengashi dushanba kuni kechqurun Shimoliy Koreyaga nisbatan yangi sanksiyalarni kiritdi. Yangi cheklovlarda KXDRga eksport va import hajmlari qisqartirilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0