06:38 24 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.70
  • EUR10553.06
  • USD9448.53
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassambleye OON

Mirziyoyev BMTda diniy bagʻrikenglik toʻgʻrisidagi rezolyutsiyani qabul qilish taklifini kiritdi

© Ruptly .
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (19)
148070

Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida "Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifini kiritdi

TOSHKENT, 20 sen — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining "Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi.

Mirziyoyev taklif aOʻzbekiston butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblashini taʼkidlab oʻtdi.

"Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zoʻravonlik va qon toʻkish bilan bir qatorga qoʻyadiganlarni qatʼiy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.

Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga daʼvat etadi", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Mirziyoyev shuningdek, Markaziy Osiyo Uygʻonish davrining koʻplab yorqin namoyandalarining islom va jahon tsivilizatsiyasiga qoʻshgan bebaho hissasini alohida qayd etib oʻtdi.

"Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy oʻz ahamiyatiga koʻra islom dinida Qurʼoni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulugʻ zotning gʻoyat boy merosini asrab-avaylash va oʻrganish, maʼrifatiy islom toʻgʻrisidagi taʼlimotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qildik", — deb taʼkidladi Mirziyoyev.

"Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining "Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman.

Bu hujjatning asosiy maqsadi — barchaning taʼlim olish huquqini taʼminlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga koʻmaklashishdan iborat", — deb oʻz nutqini davom ettirdi prezident.

Mirziyoyevga koʻra, ushbu rezolyutsiya bagʻrikenglik va oʻzaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taʼminlash, eʼtiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yoʻl qoʻymaslikka koʻmaklashishga qaratilgan.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning AQShga tashrifi (19)

Asosiy mavzular