Toshkent viloyati hokimi paxta hosilini qo‘shib yozgani uchun ishdan olindi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovChinovnik vixodit iz kabineta
Chinovnik vixodit iz kabineta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shukrullo Boboyev o‘rniga Toshkent viloyatiga Ibragimov G‘ulomjon Inomovich hokim vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Toshkent viloyati hokimi Shukrullo Boboyev prezident buyrug‘iga ko‘ra ishdan olindi. RIA Novosti xabariga asosan.

Sborshiki xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Qoraqalpog‘iston paxta rejasini ortig‘i bilan bajardi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatiga G‘ulomjon Ibragimov Inomovich hokim vazifasini bajaruvchisi etib tayinladi.

O‘zbekiston mahalliy OAVlarga ko‘ra, hokimning ishdan olinishiga 2017-yilgi paxta mavsumida viloyatda hosil qo‘shib yozishga yo‘l qo‘yilgani sabab bo‘lgan.

G‘ulomjon Ibragimov o‘tgan yilning dekabridan buyon bosh vazir o‘rinbosari edi (Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari).

Shukrullo Boboyev 2016-yilning dekabr oyida Toshkent viloyatiga hokim etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, paxta rejasini birinchi bo‘lib Xorazm viloyati bajargandi. Xorazmlik paxtakorlar davlatga 250 400 tonna paxta topshirishgan, shundan 500 tonnasi paxta terish mashinasida terib olingan.

Undan so‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2017-yilgi paxta topshirish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini ado etdi. Shartnomaga muvofiq, qoraqalpog‘istonlik paxtakorlar davlatga 186 ming 200 tonna paxta topshirishlari kerak edi. 20-oktabr holatiga ko‘ra 186 ming 477 tonna paxta topshirilib, reja 100,15 foizga bajarildi.

Yangiliklar lentasi
0