Shavkat Mirziyoyev Medvedev bilan muzokaralar o‘tkazmoqda

Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan uchrashuv natijasida bir qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 2 noya — Sputnik. Ayni damda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev O‘zbekiston Senati binosida uchrashuv o‘tkazishmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Rossiya orasida bir necha ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Undan oldin Dmitriy Medvedev Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan  "Mustaqillik va insonparvarlik" monumenti poyiga gullar qo‘ydi.

Ofitsialniy vizit premyer-ministra RF D. Medvedeva v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir Aripov Medvedev bilan uchrashuv o‘tkazdi

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Toshkentda Rossiya delegatsiyasining tashrifi bo‘lib o‘tmoqda. Delegatsiya tarkibiga bosh vazir birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov, o‘rinbosari Dmitriy Rogozin, Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin, Savdo va sanoat vaziri Denis Manturov va Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenevlar kirgan.

Dmitriy Medvedevning O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tgan.Undan so‘ng “Bugun haqiqatdan ham juda ko‘p hujjatlar imzolanadi”, — dedi Medvedev.

“Kelajakda ushbu hujjatlar bizning iqtisodlarimiz hamda va o‘zaro hamkorligimiz yanada rivojlanishiga hissa qo‘shadi”, — dedi Aripov uchrashuv yakunida.

Rasmiy uchrashuvlardan so‘ng Dmitriy Medvedev Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi.

 

Yangiliklar lentasi
0