Mirziyoyev Poltavchenkoni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 8-noyabrya prinyal gubernatora goroda Sankt-Peterburg Georgiya Poltavchenko
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 8-noyabrya prinyal gubernatora goroda Sankt-Peterburg Georgiya Poltavchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Sankt-Peterburg shahri gubernatori Georgiy Poltavchenkoni qabul qildi

TOShKENT, 9 noya — Sputnik.  Shavkat Mirziyoyev va Georgiy Poltavchenko uchrashuvida O‘zbekiston va Sankt-Peterburg shahri o‘rtasidagi an’anaviy yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Prezentatsiya UrGEU v RSNK v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ural iqtisodiyot universiteti O‘zbekistonlik talabalarni o‘qishga taklif qildi
Bugungi kunda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 200 million dollarni tashkil qilmoqda. Sankt-Peterburg shahrida 1 millionga yaqin o‘zbekistonliklar mehnat faoliyatini amalga oshirmoqda. Shaharning yetakchi oliy o‘quv yurtlarida 3 mingdan ziyod o‘zbek yoshlari ta’lim olishmoqda.

O‘zaro savdo hajmini oshirish va yetakchi korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani kengaytirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi qayd etildi.

Sog‘liqni saqlash, ta’lim va turizm sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Sankt-Peterburg shahri gubernatoriPoltavchenko  Mirziyoyevga samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston bilan ustuvor yo‘nalishlarda keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0