12:39 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Siyosat
Havola olish
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)
69930

Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferentsiya oʻz ishini davom ettirmoqda

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan xalqaro konferentsiya davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida 2018-2019 yillarda hamkorlik dasturini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Samarqand shahrida boʻlib oʻtayotgan "Markaziy Osiyo: Yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik" mavzuidagi xalqaro konferentsiya birinchi kunining asosiy tadbirlari kunning birinchi yarmida oʻtkazilgan boʻlsa, kunning ikkinchi yarmida navbatdagi sessiyalar va brifinglar boʻlib oʻtmoqda.

Marosimda Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari — Abdulaziz Komilov (Oʻzbekiston), Qayrat Abdurahmonov (Qozogʻiston), Rashid Meredov (Turkmaniston), Erlan Abdildayev (Qirgʻiziston), Sirojiddin Aslov (Tojikiston) hamda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Frederika Mogerini ishtirok etdi.

Ayni daqiqalarda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili Frederika Mogerini va Markaziy Osiyo mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari ishtirokida OAV xodimlari uchun brifing boʻlib oʻtmoqda.

Mavzu:
Samarqanddagi Markaziy Osiyo mintaqasiga bagʻishlangan xalqaro anjuman (19)

Asosiy mavzular