18:26 21 Aprel 2018
Efir
Vstrecha Ashrafa Gani i Shavkata Mirziyoyeva

Koʻksaroyda Ashraf Gʻani va Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi boʻlib oʻtdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Siyosat
Havola olish
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)
21730

Ochiq va konstruktiv ruhda boʻlib oʻtgan muzokarada mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

TOSHKENT, 5 dek – Sputnik. Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani Koʻksaroy qarorgohida munosib hurmat ehtirom bilan kutib olindi.

Marosimda, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi, prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtdilar.

Vstrecha Shavkata Mirziyoyeva i Ashrafa Gani
Ashraf Gʻani va Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul oldidan oʻtmoqda
Shundan soʻng Ashraf Gʻani va Shavkat Mirziyoyevning tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Muzokarada ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik muammolar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Muzokaralar Ochiq va konstruktiv ruhda boʻlib oʻtdi. 

Ayni damda tor doiradagi uchrashuv yakuniga yetdi. Bir necha daqiqa ichida kengaytirilgan doiradagi uchrashuv boshlanishi kutilmoqda.

Mavzu:
Ashraf Gʻanining Oʻzbekistonga tashrifi (17)

Asosiy mavzular