"Markaziy Osiyo mamlakatlari - Afg‘oniston" formati yaratiladi

© SputnikGlavi MID Sentralnoy Azii
Glavi MID Sentralnoy Azii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu format mintaqaviy masalalarning butun majmuasini muhokama qilishda hamda BMT ko‘magida tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha birgalikda zamonaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun samarali platforma bo‘lishi kutilmoqda

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. 2017 yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha Mintaqaviy markaz tashabbusi va BMT Afg‘onistonga yordam missiyasi ko‘magi bilan Ashxabod shahrida tashkil etilgan Markaziy Osiyo va Afg‘oniston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuv qatnashchilari tomonidan mintaqaviy siyosat va xavfsizlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Podpisanie dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari o‘z nutqida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga bilan 4 — 6-dekabr kunlari mamlakatga Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining rasmiy tashrifining samarali yakunlari to‘g‘risida ishtirokchilarni xabardor qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston an’anaviy tarzda Afg‘onistonga nisbatan o‘zaro hurmat, tenglik va manfaatlarni inobatga olish tamoyiliga asoslangan do‘stlik siyosatini olib borishi va Afg‘oniston xalqi tomonidan saylangan hukumatni qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.

Uchrashuvda "Markaziy Osiyo mamlakatlari — Afg‘oniston" (C5+1) yangi konsultativ formatini yaratish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Ushbu format mintaqaviy masalalarning butun majmuasini muhokama qilishda hamda BMT ko‘magida tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha birgalikda zamonaviy chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun samarali platforma bo‘lishi kutilmoqda.

Uchrashuvda BMT Bosh kotibining maxsus vakili, MOPDMM rahbari Natalya German ham ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0