18:19 19 Iyul 2018
Efir
  • RUB124.54
  • EUR9100.06
  • USD7787.81
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev

Trend boʻlgan Ostrogorskiy: yilning eng mashhur iboralarini yodga olamiz

Press-slujba prezidenta RUz
Siyosat
Havola olish
Dilshoda Rahmatova
395690

2017 yil nomdor siyosatchilar va taniqli biznesmenlar tomonidan aytilgan "trend" darajasiga koʻtarilgan iboralarga boy boʻldi. Yil davomida jarang topgan eng yorqin iboralarni eʼtiboringizga havola qilamiz

TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Sputnik tahririyati 2017 yil davomida jamoatchilik tomonidan muhokama qilingan eng mashhur iboralarni eʼtiboringizga havola qilmoqda.

Ushbu iboralar orasida tugab borayotgan yilda roʻy bergan eng shov-shuvli hodisalarni oʻzida toʻliq aks ettirganlari ham bor.

"Tuf senga, Aleksey Navalnыy"

Aleksandr Pushkin portreti
© Sputnik / Maksim Blinov
Eslatib oʻtamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalnыy kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan milliarder Usmonovni Rossiya bosh vaziri Medvedevga pora berishda, davlat mulkini oʻgʻirlashda, shaxterlarga kam oylik toʻlashda va Oʻzbekistonda "zoʻrlab nomusiga tegish" jinoyati sodir etaganlikda ayblagan edi.

Usmonov oʻz shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish maqsadida Aleksey Navalniyga video murojaat yoʻllab, yuqoridagi ayblovlarning har birini aniq faktlar bilan inkor etib, "Tuf senga, Navalnыy" degan va muxolifatchi ustidan Lyublino sudiga daʼvo arizasini bergan edi.

Putin: xakerlik hujumlariga aloqamiz yoʻq

Amerika OAVlari tomonidan yil davomida eng koʻp yoritilgan mavzular — bu Trampning prezident boʻlishiga yordam bergan "Rossiya aralashuvi" atrofidagi hangomalar boʻldi.

Amerika maxsus xizmatlari rossiyalik xakerlar AQSH Demokratik partiyasi milliy qoʻmitasi serverini buzishgani haqida bayonot berib, bundan "Rossiya aralashuvi" haqida xulosaga kelgan edilar. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bir necha marotaba Rossiya AQShdagi saylovlarga aralashmagani haqida rasman maʼlum qildi.

"Biz hech qanday xakerlik hujumlari bilan shugʻullanmaganmiz. Har qanday davlat, hattoki Rossiya singari davlat ham saylov kampaniyasi faoliyati va uning natijalariga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin", — degan edi Putin.

Vladimir Putin Rossiyaning Qoʻshma Shtatlardagi saylovlarga aralashuvini yolgʻon deb baholagan hamda demokratlar "Rossiyadan boʻlayotgan tahdidlarni" koʻpirtirib ommaga havola qilish oʻrniga, saylovchilardan uzr soʻrashi kerakligini qayd etib oʻtgandi.

"Aqldan ozgan chol"

KXDR Davlat kengashi Raisi Kim Chen In AQSH prezidenti Donald Trampni "aqldan ozgan amerikalik chol" deb atadi va uni "olov bilan boʻysundirishi"ni maʼlum qildi.

Shuningdek, Kim Chen In "Shimoliy Koreyani toʻliq yoʻq qilishi" haqidagi telbanamo soʻzlari uchun "javob berish"ga majbur qilishga vaʼda berdi.

Bunga qadar Donald Tramp oʻzining BMTda soʻzlagan nutqida modomiki, KXDR AQSH va uning ittifoqdoshlari uchun xavf tugʻdiradigan boʻlsa, Vashingtonning "Shimoliy Koreyani toʻliq yoʻq qilishdan oʻzga chorasi qolmasligi"ni maʼlum qilgan edi.

Trend boʻlgan Ostrogorskiy

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moliya vazirligida faoliyat yuritgan, oʻzbek millatini sevmaganligi tufayli ishdan haydalgan "noinsof Ostrogorskiy" haqida oʻz murojaatnomasida tilga olgach, 22 dekabr kuni "Ostrogorskiy" familiyasi internetda eng koʻp izlangan familiya boʻldi.

Prezidentning oʻz nutqi davomida aytgan "Ostrogorskiy-Mastrogorskiy-Sastragorskiy-Gastrogorskiy" jumlasi esa xalq orasida shu kunlarda qayta-qayta takrorlanayotgan eng mashhur iboraga aylanmoqda.

Asosiy mavzular