AQSh Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

© AFP 2023 / LOIC VENANCEFlag SShA na fone goroda
Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda qabul qilingan yangi qonun loyihasiga ko‘ra, AQSh, Rossiya bilan birga gaz loyihalarida ishtirok etayotgan ayrim Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin bo‘lar ekan.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. AQSh o‘zining ichiki qonunlarini dunyoning boshqa mamalkatlariga nisbatan qo‘llashi, yoki qo‘llashga harakat qilganini biz ko‘p marotaba guvohi bo‘lganmiz.

Yaqinda okean ortida ana shunday "chegara bilmas" qonunlarning yana biri qabul qilinishi mumkin. Yangi qonun loyihasiga ko‘ra "AQSh Rossiya bilan birga gaz loyihalarida ishtirok etayotgan ayrim Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritishi mumkin" emish.  

Bu degani, "dushmanimga zarar yetkazish uchun do‘stimni ham ayamayman deganmi?"  Xa, "haqiqiy do‘st" shunday bo‘lishi kerak.

Vaholanki, Yevropaning o‘zida AQShning ushbu  "tashabbusiga" munosabat ikki xil bo‘ldi. Aksariyat, ya’ni ko‘pchillik buni albatta "nomaqbul ish" deb baho berishdi, lekin AQSh tarafdor bo‘lganlar ham kam emas ekan.

Fransiya, Germaniyada nomaqbul ish deganlar soni 60% dan ko‘p ekan. Buyuk Britaniyada 47%, Polshada 37%.

Yevropa kompaniyalariga zarar keltirsa ham mayli, deb AQShning bo‘lajak sanksiyalairni qo‘llab-quvvatlaganlar soni esa Fransiyada  14 %, Germaniyada 20 %, Buyuk Britaniyada 32 %, Polshada 24 %ni tashkil qildi.

Buyuk Britaniyada bundaylar soni ko‘pligiga hayron bo‘lmasa ham bo‘ladi. Brextdan keyin ular YeIga ancha "sovib" qolishgan bo‘lsa ajab emas.

Sputnik (sputniknews.com) — xalqaro axborot agentligi bo‘lib, dunyoning o‘nlab mamlakatlarida o‘zining multimedia va axborot xablariga ega. Sputnik o‘z ichiga internet sahifalari, raqamli radioeshittirishlar, mobil dasturlar va ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatni qamrab oladi. Sputnik yangiliklari doimiy ravishda 30 tilda nashr etilib kelmoqda. Inglis, arab, ispan va xitoy tilida xabarlar 24 soat davomida chiqib turadi. Sputnik.Mneniyaning boshqa xabarlari bilan quyida tanishishingiz mumkin.
Yangiliklar lentasi
0