O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Kamilov Xitoyga boradi

Obuna bo‘lish
Tashrif dasturiga ko‘ra Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van Yi, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi

TOShKENT, 6 fev — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoyga rasmiy tashrif bilan boradi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Vazir Kamilovga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
"2018-yilning 6-7-fevral kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tahqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi", — deb ta’kidlangan xabarda. 

Tashrif dasturiga ko‘ra XXR Tashqi ishlar vaziri Van Yi, qator vazirlik va idoralar rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi.

Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Xitoy muloqotini yanada faollashtirish istiqbollarini muhokama qilish hamda mintaqa va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashish kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0