18:56 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Abdulaziz Kamilov i Lev Levayev

Vazir Kamilov Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi prezidenti bilan uchrashdi

© MID Uzbekistana / Anvar Ilyasov
Siyosat
Havola olish
286 0 0

Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan suhbatda Oʻzbekiston va Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi oʻrtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi

TOSHKENT, Sputnik. 2018 yilning 13 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi prezidenti, taniqli tadbirkor va jamoat arbobi Lev Levayev boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

Delegatsiya tarkibidan AQSH va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi raisi Boris Kandov, Rossiya Buxoro yahudiylari kongressi raisi Yakov Leviyev va boshqalar oʻrin olgan.

Tashqi ishlar vazirligida boʻlib oʻtgan suhbatda Oʻzbekiston va Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi oʻrtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

 

Asosiy mavzular