Abdulaziz Kamilov AQSh elchisini qabul qildi

© mfa.uzAbdulaziz Kamilov i Pamela Spratlen
Abdulaziz Kamilov i Pamela Spratlen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. 2018-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh davlat departamentining yirik amaldori O‘zbekistonga keladi
Vazir diplomatga ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan Florida shtatidagi Marjori Stoneman Douglas maktabida ro‘y bergan vahshiyona jinoyat munosabati bilan samimiy ta’ziya bildirdi.

O‘z navbatida elchi prezident Shavkat Mirziyoyevga va O‘zbekiston xalqiga AQSh uchun bu og‘ir damlarda g‘amxo‘rligi va hamdardligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik" nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya ikki tomonlama kun tartibinining dolzarb masalalari va unga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0