03:07 29 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)
477 0 0

Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonga rasmiy tashrifi davomida ikki mamlakat oʻrtasida qator eksport-import shartnomalari imzolanishi kutilmoqda

TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi boshqa davlatlardagi hamkasblar bilan hamkorlik uchun har yili yangi yoʻl xaritasini tayyorlaydi, dedi Sputnik Oʻzbekiston radiosiga bergan intervyusida Oʻzbekiston SSP raisi Adham Ikramov.

"Biz Oʻzbekiston-Tojikiston ishbilarmonlar kengashini tashkil etish tashabbusi bilan chiqdik. Ayni vaqtda investitsiya paketlariga egamiz. Bizning tomondan va Tojikiston tomonidan bu taxminan 15-20 million dollarni tashkil etadi, Oʻzbekiston prezidentining Dushanbega tashrifi doirasida ushbu eksport-import shartnomalarini imzolashni rejalashtirmoqdamiz", — deb taʼkidladi Oʻzbekiston SSP raisi.

Ikramovning aytishicha, tashkil etilayotgan kengashda har bir tomondan 15 nafardan vakil boʻladi. Ular amaldorlar, biznesmenlar va ikki mamlakat Savdo-sanoat palatasi vakillari boʻlishi aytilmoqda.

Ushbu yangi guruhning birinchi majlisi tez vaqtda boʻlishi kutilmoqda.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi esa joriy yil mart oyiga rejalashtirilgan.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)

Asosiy mavzular