03:57 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Otkrыtiye KPP Jartepa mejdu Uzbekistanom i Tadjikistanom

Samarqandga Tojikistondan qimmatbaho sovgʻa keldi

© uza
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)
232741

Yettinchi mart kuni "Jartepa" oʻtkazish punktida Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonning Sugʻd viloyatiga sovgʻasi - Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirilgan edi

TOSHKENT, 12 mar — Sputnik. Samarqandga Sugʻd viloyati hokimidan qimmatbaho sovgʻa keldi, deb xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

"10 mart kuni Sugʻd viloyati hokimi Rajabboy Ahmadzoda Samarqand viloyati hokimi Turobjon Joʻrayevga "Sarazm"-"Jartepa" oʻtkazish punkti orqali qimmatbaho sovgʻa yubordi", — deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan oʻtkazilgan tadbirda Samarqand viloyati va Sugʻd viloyatining Panjakent shahri hokimliklari vakillari ikki xalq oʻrtasidagi munosabatlar kun sayin mustahkamlanib borayotgani, yangi davr talablari asosida rivojlanayotganini eʼtirof etishdi. Mamlakatlarimizni umumiy tarix, uzviy maʼnaviy qadriyatlar bogʻlab turgani, bu ikki xalq azaldan bir daryodan suv ichib, qarindoshlik rishtalari bilan bogʻlangani yana bir bor tilga olindi.

Eslatib oʻtamiz, keyingi kunlarda oʻzbek va tojik xalqlari oʻrtasida kuzatilayotgan yaqin qoʻshnichilikka asoslangan hamkorlikni nafaqat ikki mamlakat ahli, balki butun dunyo katta qiziqish bilan kuzatib bormoqda.

Xususan, 1 mart kuni Samarqand viloyatining "Jartepa", Sugʻd viloyatining "Sarazm" oʻtkazish punktlari oʻz ishini tikladi. Samarqand — Panjakent oraligʻida A-377 xalqaro avtomobil yoʻli yana ochildi.

7 mart kuni Samarqand shahrida ikki xalqning buyuk vakillari — Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyga yodgorlik oʻrnatildi.

Shu kuni "Jartepa" oʻtkazish punktida Oʻzbekiston prezidentining Tojikistonning Sugʻd viloyatiga sovgʻasi — Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan avtobus topshirildi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi (25)

Asosiy mavzular