03:54 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Predstaviteli dvijeniya Taliban

"Tolibon" harakati Afgʻoniston boʻyicha oʻtkaziladigan tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirdi

AP/ str/Haider Shah
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali Toshkent xalqaro anjumani (41)
87130

Afgʻoniston boʻyicha xalqaro anjuman 26-27 mart kunlari Oʻzbekiston poytaxti Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. "Tolibon" radikal harakati Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha tinchlik muzokaralariga qiziqish bildirdi, deb xabar qildi Reyter agentligi AQSH Mudofaa vaziri Jeyms Mettis bayonotiga tayangan holda.

"Biz "Tolibon" tomondan qiziqish haqida xabar topdik…. Bizda maʼlum guruhlar bor — kichik guruhlar, ular kelishni boshlashdi va muzokaralarga qiziqish bildirishni boshladilar", — degan Mettis Afgʻonistonga safari oldidan. Uning Afgʻonistonga borishi haqida oldindan maʼlum qilinmagan edi.

NBC telekanali xabariga koʻra, vazirning tashrifi haqida xavfsizlik ehtiyot chorasi yuzasidan eʼlon qilinmagan.

Ilgariroq Oʻzbekiston TIV matbuot-xzmati dushanba kuni Toshkentda boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha xalqaro anjumanda ishtirok etish boʻyicha "Tolibon"dan murojaat olmaganini maʼlum qilgan edi.

TIV matbuot-xizmati Afgʻonistondagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha xalqaro anjumanga Xitoy va AQShning tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari, YEI tashqi siyosat xizmati rahbari, shuningdek BMT Bosh kotibi taklif etilgani haqida xabar bergan edi. Rossiya delegatsiyasi Sergey Lavrov boshchiligida tashrif buyuradi.

Mavzu:
Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali Toshkent xalqaro anjumani (41)

Asosiy mavzular