03:57 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
MID RF

Rossiya TIV Britaniya elchisiga norozilik notasini topshirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova
Siyosat
Havola olish
Skripal ishi (25)
60710

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya elchisiga "Skripal ishi" boʻyicha ayblovlar tufayli norozilik notasini topshirdi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi sobiq razvedka polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanishi yuzasidan qoʻyilayotgan ayblovlar tufayli Buyuk Britaniya elchisi Lori Bristouga keskin norozilik bildirdi.

"Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Vladimir Titov tomonidan Britaniya hukumatining Rossiyani Sergey Skripal va uning qizi Yuliyani zaharlanishida aloqadorlikda ayblayotgani yuzasidan keskin norozilik bildirildi", — deyiladi muassasa xabarida.

Xabarda Britaniya hukumatining harakatlari ochiqchasiga fitna xarakteriga ega ekanligi alohida taʼkidlangan. Shuningdek, Rossiyaning Solsberidagi hodisaga aloqasi yoʻqligi qoʻshimcha qilingan.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi britaniya tergovi aytib oʻtgan modda namunasi Rossiyaga yuborilmas ekan, Moskva Londonning ultimatumiga javob bermasligini maʼlum qilgan.

Rossiya TIV bayonotiga koʻra, Buyuk Britaniya kimyoviy qurolni taʼqiqlovchi Konventsiya doirasida harakat qilishi — demak-ki, hamkorlikda tergov harakatlarini olib borishi lozim.

"Busiz Londonning barcha bayonotlari maʼnosizdir. Ayni holatda esa, ushbu hodisaga, Britaniya hukumati nopoklarcha navbatdagi bor Rossiyani obroʻsizlantirishga urinmoqda, deya baho beramiz", — deb qoʻshimcha qilgan muassasa.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftada Angliyada Bosh razvedka boshqarmasining sobiq polkovnigi va uning qizi zaharlanib, kasalxonaga yotqizilgan edi. Hozirda ular koma holatida.

Dushanba kuni Tereza Mey Skripalning zaharlanishiga Rossiyaning aloqadorligi "ehtimolga ancha yaqinligini" maʼum qildi.

Siyosatchi Moskvaga seshanba kuni kechgacha vaqt berib, bu vaqt oraligʻida Rossiya ushbu holatni toʻliq tushuntirib berishi lozimligini, aks holda, avvalgidan koʻra "ancha jiddiy choralar koʻrishi" bilan qoʻrqitdi.

Mey Rossiyani ayblar ekan, hech qanday dalil keltirmadi.

Rossiya TIVning rasmiy vakili Mariya Zaxarova Mey bayonotini "tsirk shousi" va fitna deya baholadi.

Mavzu:
Skripal ishi (25)

Asosiy mavzular