07:33 17 Oktyabr 2019
Efir
  • RUB147.25
  • EUR10438.58
  • USD9455.24
Afganskaya molodej

Afgʻonistonlik Asila: Oʻzbekistonga kelib tinchlik nimaligini his etdim

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Siyosat
Havola olish
Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali Toshkent xalqaro anjumani (41)
166770

Afgʻoniston masalalariga bagʻishlangan Toshkent anjumani matbuot markazida Surxondaryoda tahsil olayotgan afgʻonistonlik talabalar soʻzga chiqishdi

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Afgʻoniston masalalariga bagʻishlangan xalqaro Toshkent anjumani arafasida Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida boʻlib oʻtayotgan plenar sessiyalarda soʻzga chiqqan afgʻonistonlik yoshlar "Oʻzbekiston — bu tinchlik" deya taʼkidladilar, deb xabar bermoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Afgʻon yoshlari oʻz nutqlari avvalida Oʻzbekistondek tinch zaminda tahsil olayotganlaridan, bunday shart-sharoitni yaratib bergan prezidentlar — Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Afgʻoniston rahbari Muhammad Ashraf Gʻaniga oʻzining minnatdorchiligini bildirdilar.

Konferentsiyada soʻzga chiqqan afgʻonistonlik Asila Noyibzoda ushbu konferentsiyada oʻtirganidan juda mamnunligini taʼkidladi.

"Biz Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Afgʻoniston fuqarolarini oʻqitish taʼlim markazida tahsil olamiz. Bu yerda 96 ta talabamiz, ulardan 11tasi qiz bola. Oʻquv markazimizda til toʻgaraklari, hunar oʻrgatadigan toʻgaraklar, kompyuter oʻrgatadigan toʻgaraklar mavjud. Oʻquv dargohimizdagi sharoitlar juda yaxshi tayyorlangan, asosiysi nimani oʻrganishni xohlasak, buning iloji bor.

Ilgari televizor orqali Oʻzbekistonni, taʼlimdagi imkoniyatlarni, oʻzbek yoshlarini koʻrib, havasim kelar edi. Mana bugun ular bilan bir qatorda tahsil olayapman. Ilgari Afgʻoniston Islom Respublikasi Samongon viloyatidagi maktabda oʻqituvchi edim. Nasib etsa, yurtimga qaytsam endilikda Oʻzbekistonda olgan bilimlarimni Afgʻonistondagi yoshlarga ham oʻrgatish niyatidaman. Ayniqsa, oʻzbek tilini, qadimiy bobokalonlarimiz tarixini oʻquvchilarimga oʻrgatmoqchiman.

Studentka iz Afganistana Asila
Mejdunarodnыy press-klub
Studentka iz Afganistana Asila

Afgʻon yoshlari tinchlik deyilganda — Oʻzbekistonni tushunishlarini alohida taʼkidlab oʻtdilar.

"Tinchlik deganda Oʻzbekistonni tushunamiz. Bu yerga kelib tinchlik soʻzining maʼnosini aslida nima ekanligini his etdim. Oʻzbekiston juda goʻzal mamlakat, buning yaqqol guvohi boʻlyapman. Ayniqsa, tinchlik, osoyishtalik havosi mening havasimni keltirdi. Mehribon odamlari koʻnglimni quvnatdi. Niyatim, bizning Afgʻonistonimiz ham Oʻzbekiston singari tinch boʻlsin, rivojlansin!!!", — dedi afgʻonistonlik Asila Noyibzoda.

Mavzu:
Afgʻoniston boʻyicha yuqori darajali Toshkent xalqaro anjumani (41)

Asosiy mavzular