Shavkat Mirziyoyev Tomas Shennoni qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya Gosudarstvennogo sekretarya SShA
Prezident Respubliki Uzbekistan prinyal zamestitelya Gosudarstvennogo sekretarya SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ikkala tomon ham Afg‘onistonda imkon qadar tezroq tinchlik o‘rnatilib, uni hududiy iqtisodiy hamkorlikka jalb etish tarafdori bo‘lishidi.

TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Bugun 26-mart kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev siyosiy masalalar bo‘yicha AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonni qabul qildi, deb xabar qilmoqda, prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Turkiya va Pokiston vazirlarini qabul qiladi

Tomas Shennon O‘zbekistonga «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» yuqori darajali xalqaro anjumanda ishtirok etuvchi delegatsiya rahbari sifatida tashrif buyurgan.

Mehmonni kutib olarkan, Shavkat Mirziyoyev AQSh va O‘zbekiston munosabatlari muntazam oliy darajadagi uchrashuvlari tufayli izchil rivojlanib va mazmunga to‘lib borayotganini qayd etdi. Shuningdek,  prezident AQShning yirik korxonalari va banklari bilan sarmoyalar va innovatsion texnologiyalar sohasida  yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni ham qayd etdi.

Uchrashuvda ikki tomon Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha fikr almashishdi. Ikkala tomon ham ushbu mamlakatda imkon qadar tezroq tinchlik o‘rnatilib, uni hududiy iqtisodiy hamkorlikka jalb etish tarafdori bo‘lishidi. Bu borada Afg‘oniston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y harakatlar ham yuqori baholandi.

Toshkent anjumani - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent anjumanida kimlar ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga Toshkent anjumanini qo‘llab-quvvatlagani va unda AQSh delegatsiyasi ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.

AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon ham o‘z navbatida taklif uchun minnatdorlik bildirdi va ushbu tadbir dolzarb va muhim xalqaro ahamiyatga egaekanini ta’kidladi.

Shuningdek, AQSh diplomati O‘zbekistonda davlat boshqaruvi va iqtisodiyot sohalarida o‘tkazilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

Tomas Shennon AQSh rahbariyati nomidan O‘zbekiston bilan hamkorlikni kelajakda yanada kengaytirish va strategik sheriklikni mustahkamlash tarafdori ekanini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0