21:36 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
3038130

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoga safari vaqtida mansabdor shaxslar tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan koʻzboʻyamachilik holatlariga toʻxtaldi va mana shunday ishlar orqali "dushmanlarning tegirmoniga suv quyilayotgani"ni taʼkidlab oʻtdi

TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. "Men yuradigan yoʻldagi narsalarni boʻyab qoʻyganlaring bilan odamlar "rahmat" demaydi. Nima uchun men Sirdaryoning markazida majlis oʻtkazmayapman? Nima uchun men shuncha uzoqqa — Sayxunobodga keldim? Chunki vaziyatni bilaman. Men safarlarga qarsak eshitish yoki maqtovlar aytish uchun emas, balki vaziyatni yaxshilash uchun chiqaman", — dedi Sirdaryoda oʻtkazgan videoselektor yigʻilishi davomida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev.

Prezident yigʻilish davomida viloyatlarga amalga oshiradigan tashriflari xususida toʻxtaldi va oʻz atrofidagi mansabdor shaxslarga har doim "koʻp tayyorgarlik qilishmasin", deya topshiriqlar berishini taʼkidladi.

"Lekin koʻp joylarda juda koʻp koʻzboʻyamachilik (boʻlayapti). Ochiq bir paytlar oʻzim shunga juda qattiq qarshilik koʻrsatganman. Bugun ana shunday koʻzboʻyamachilik qilish (davom etmoqda). Odamlarni, ayniqsa ijtimoiy soha vakillarini maktabdagi oʻquvchi va talabalarni majburlab obodonlashtirish ishlariga olib chiqish — bu siyosatga xiyonat qilayapsilar sizlar. Faqat menga emas, siyosatga xiyonat qilayapsilar. Kimga kerak? Men devorning orqasida nima borligini, Oʻzbekistonda qaysi koʻcha shipirilgan, qaysi daraxt yiqilib yotganini juda yaxshi bilaman", — dedi Oʻzbekiston prezidenti.

Oʻzbekiston rahbari shuningdek, oʻzi yuradigan yoʻldagi narsalar boʻyab qoʻyilgani bilan odamlar "rahmat" aytmasligini qoʻshimcha qildi.

"Nima uchun men Sirdaryoning markazida majlis oʻtkazmayapman? Nima uchun men shuncha uzoqqa Sayxunobodga keldim? Men vaziyatni bilaman, bizning doʻstlarimizam koʻp, dushmanlarimizam juda koʻp. Silar ana shu ishlaring bilan dushmanlarning tegirmoniga suv qoʻyayapsilar", — dedi Mirziyoyev.

Oʻzbekiston rahbari oʻz nutqi davomida "eng muhim" jihatlarga rus tilida ikki ogʻiz izoh berib oʻtdi.

"Men viloyatlarga safar oldidan 2-3 kun oldin qaysidir viloyatga borishim haqida eʼlon qilinadi. Biron bir viloyatga koʻrinmas odamdek kelib-keta olmayman. Men sharoiti ogʻir tumanlarni tanlashga harakat qilaman. Mana Samarqandda bir oʻqituvchi vafot etdi. Prezident tashrifigacha 3 kun oldin roʻy bergan bu, lekin mening yuragimda bu men tufayli boʻlgandek qoldi", — dedi prezident.

"Hammamiz kelishib olaylik. Barcha rahbarlarni ogohlantirmoqchiman. Agar bundan buyon bironta hududda tashrif oldidan oʻqituvchi, shifokor yoki talabalar obodonlashtirishga jalb etilsa, jazo juda qattiq boʻladi. Ishdan olish bilan birga oʻsha rahbar qonun oldida javobgar boʻladi", — dedi Mirziyoyev.

"Men bu narsani aytishga majburman, chunki bunday "medvejya usluga"lar, (rus tilidan oʻgirganda koʻngilsizlik keltirib chiqaradigan noʻnoq xizmatlar") davom etayapti". Mening yuragimda juda katta armon, azob bor. Xalqimizning qanday ahvolda turganini mendan yaxshi hech kim bilmaydi. Men oʻzim kulib yursam ham, ichimda dardim juda koʻp. Ana shuni hammalaring, iltimos, bilishlaring kerak. Doʻst boʻlsalaring, qilmanglar bu ishlarni.

Dushmanlarimiz juda qarsak chalib "mana koʻchada u boʻlayapti, koʻchada bu boʻlayapti", degan gaplarni aytdi.

Markazdan 200 metr kirsak, ahvol qandayligini juda yaxshi bilaman", — deya davom etdi prezident.

"Shuncha yil hech balo qilmaganimiz, 1,5 yilda qilib boʻlmasligini ham bilaman. Ishsiz, norizo, qarshi yurgan odamlarni ham juda yaxshi bilaman. Mana shuni hammalaring bilinglar", dedi prezident hamda videoselektor yigʻilishlarida odamlarni tayyorlamaslikka, ularda qanday savol boʻlsa, prezidentga berish imkoniyatini berishni taʼkidladi.

"Men vaziyatni yaxshilashga kelganman, balandparvoz gaplar, qarsak eshitishga yoki maqtashga kelganim yoʻq", — dedi Mirziyoyev.

Teglar:
koʻcha supurish, obodonlashtirish ishlari, Diana Yenikeyeva, hashar, Shavkat Mirziyoyev, Samarqand

Asosiy mavzular