22:27 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Siyosat
Havola olish
56020

Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov bu haqda rasman maʼlum qildi

TOSHKENT, 25 apr — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdoʻgʻon 29 aprel kuni Oʻzbekistonga rasmiy tashrif uyushtiradi, deb xabar qildi Feysbukdagi sahifasida Oʻzbekiston prezidenti matbuot-kotibi Komil Allamjonov.

Vizit prezidenta Turtsii v Uzbekistan
Kayhan Ozer, Presidential Press Service, Pool photo via AP

"Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga 2017 yil oktyabrdagi davlat tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqan edi. Davlat rahbarlari telefon orqali bir necha bor suhbatlashib, faol muloqot qilib kelmoqda.

Prezidentimizning taklifiga binoan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan 29 aprel kuni mamlakatimizga tashrif buyuradi. 30 aprel kuni Koʻksaroyda boʻlib oʻtadigan muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi. 1 may kuni Turkiya Prezidentining Buxoroni ziyorat qilishi rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

Teglar:
tashrif, Recep Tayyip Erdoğan, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular