15:09 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Flag Soyedinennыx Shtatov Ameriki.

Eronlik deputatlar parlament minbarida AQSH bayrogʻiga oʻt qoʻyishdi

© Sputnik / Maksim Blinov
Siyosat
Havola olish
93410

Deputatlar bayroq bilan birga qandaydir qogʻozni ham yoqadilar, OAVda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, bu yadro kelishuvi haqidagi shartnoma nusxasi boʻlgan

TOSHKENT, 10 may — Sputnik. Eron parlamentining bir nechta deputatlari Amerika prezidenti Donald Tramp Tehron bilan imzolangan yadro kelishuvidan chiqishini maʼlum qilgan kunning ertasiga AQSH bayrogʻini yoqib yuborishdi. Bu haqda video joylashtirilgan. 

Parlamentariylardan biri minbarga chiqib, Amerika bayrogʻining qogʻozda bosilgan nusxasini barchaga namoyish qiladi va soʻngra uni zajigalka bilan yoqishga urinadi.

Deputatning birinchi urinishi ish bermagach, uning yoniga hamkasblari yugurib kelib, yordam bera boshlaydilar. Deputatlar bayroq bilan birga qandaydir qogʻozni ham yoqadilar, OAVda tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, bu yadro kelishuvi haqidagi shartnoma nusxasi boʻlgan.

Aktsiya davomida deputatlar Amerikaga qarshi shiorlarni baqirib aytishgan va mushtlarini silkitishgan, ularning hamkasblari esa oʻz xayrixohligini bildirish uchun minbarga yaqin kelishga intilgan.

Soʻngra ikkita qogʻoz ham pastga uloqtirilgan va parlamentariylar ularni oyoqlari bilan toptay boshlagan.

Asosiy mavzular