O‘zbekistondagi Xitoy elchisi "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi istiqbollari haqida gapirdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSzan Yan, Posol KNR v Uzbekistane
Szan Yan, Posol KNR v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston va Xitoy: "Bir kamar bir yo‘l tashabbusini birgalikda amalga oshirish istiqbollari" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Anjumanda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, investitsiyalar, transport, turizm, ilm-fan va madaniy aloqalar muhokama qilindi

TOShKENT, 14-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Joriy yilda "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusi ilgari surilganining 5-yilligi nishonlanmoqda. Besh yil davomida xalqaro jamoatchilikning faol qo‘llab-quvvatlashi va ishtiroki tufayli "Bir kamar, bir yo‘l" qurilishida zo‘r natijalarga erishildi, dedi dushanba kuni Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szan Yan.

Raboti na jeleznoy doroge - Sputnik O‘zbekiston
2018 yilda O‘zbekiston-Qirg‘iziston-Xitoy temir yo‘l qurish to‘g‘risida bitim imzolanadi
Elchining so‘zlariga ko‘ra, "ayni vaqtda 100 dan ziyod mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar ushbu buyuk ishga jalb etilgan. Shulardan 69tasi Xitoy bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolagan".

"Bu katta qiziqish — loyiha barcha mamlakatlar manfaatlariga tamomila mos tushganligini bildiradi. Ushbu loyiha tufayli barcha mamlakatlar farovonligi ortadi. Avvaliga Xitoy tomonidan ilgari surilgan ushbu tashabbus endilikda butun dunyo bo‘ylab o‘z mevasini bermoqda", — dedi diplomat.

Szan Yan shuningdek, O‘zbekiston Qadimgi ipak yo‘lidagi muhim bog‘lovchi tugun ekanligini, aynan O‘zbekiston ushbu loyiha tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan birinchi davlatlardan biri bo‘lganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi Xitoy elchisi bu yil XXR ochiq siyosatning 40-yilligini nishonlashini, mana shu yillar tajribasi faqatgina ochiqlik siyosati taraqqiyotga xizmat qilishini ko‘rsatganini aytib o‘tdi.

"Xitoy va O‘zbekiston hamkorlik borasidagi salohiyati va istiqboli nihoyatda ulkan. Xitoy tomoni "Bir kamar bir yo‘l" qurilishi doirasida O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlashga umid bildiradi", — dedi diplomat.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev, vruchil poslu KNR Sun Lisze visokuyu gosudarstvennuyu nagradu strani – orden Dustlik - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xitoy elchisini "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi
O‘zbekistonlik yosh ekspert Temur Nazarov Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan suhbatda "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusini O‘zbekiston iqtisodiga katta foyda keltiradigan "ulkan loyiha", deb baholadi.

"Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab rivojlanish tendensiyalarini davom ettirish, iqtisodiy hamkorlikning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish, jalb etilgan davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti, turli sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, tinchlik va barqaror rivojlanishga ko‘maklashish mazkur dasturning asosiy maqsadi hisoblanadi. Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishidagi mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi O‘zbekistonning ham iqtisodiy imkoniyatlarini rivojlantirish va namoyish etishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi", — dedi u.

Yangiliklar lentasi
0