"It hurar, karvon o‘tar": O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari mustahkam, dedi ekspert

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPan Davey, direktor Sentra issledovaniy Rossii i stran Sentralnoy Azii pri ShAON
Pan Davey, direktor Sentra issledovaniy Rossii i stran Sentralnoy Azii pri ShAON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar kecha vujudga kelgan emas. Ikki xalqni do‘stlik aloqalari ikki ming yil avval Buyuk Ipak yo‘li chambarchas bog‘lagan. Xitoy O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim davlat deb hisoblaydi, dedi Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarini tadqiq qilish markazi rahbari

TOShKENT, 15-may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar o‘zining yaqinligi, barqarorligi va ishchanligi bilan ajralib turadi, dedi Shanxay ijtimoiy fanlar akademiyasi qoshidagi Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlarini tadqiq qilish markazi rahbari Pan Davey Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Xitoy: "Bir kamar, bir yo‘l" tashabbusini hamkorlikda amalga oshirish istiqbollari" mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida.

Szan Yan, Posol KNR v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistondagi Xitoy elchisi "Bir kamar, bir yo‘l" loyihasi istiqbollari haqida gapirdi
"Dunyoda alohida shaxslar borki, ular O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari, bizning munosabatlarimizni qoralashni xohlaydi. Bu hamisha shunday bo‘lgan. Biz esa o‘zimizga kerak bo‘lgan, zarur ishlarni qilishimiz lozim. O‘zbek maqoli bor-ku: "It hurar karvon o‘tar" degan. Bizning ishimiz faqat oldinga qadam qo‘ymoqda", — dedi Pan Davey O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarga baho berar ekan.

Ekspert shuningdek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar kecha vujudga kelmaganini, ikki xalqni do‘stlik aloqalari ikki ming yil avval Buyuk Ipak yo‘li chambarchas bog‘laganini aytdi.

"Xitoy O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim davlat deb hisoblaydi", — dedi u.

Pan Davey shuningdek, O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qilgach, Xitoy birinchilardan bo‘lib uning mustaqilligini tan olgani va 1992-yilda ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganini esga oldi.

"Hozir esa dunyo taraqqiyotning yangi bosqichida turibdi. Bunda xalqaro munosabatlar chuqur qayta o‘zgarishlarga duch kelmoqda. Bir tomondan iqtisodiy globalizatsiya, axborotlashtirish o‘sishini va madaniy xilma-xillikni kuzatayotgan bo‘lsak, ikkinchi tomondan reallik bizga ro‘baro turgan chaqiriqlar, qator jiddiy va o‘z yechimini topmagan muammolarga to‘la", — dedi ekspert va "bu chuqur o‘zgarishlarni xalqaro sahnada qanday yengib o‘tamiz, bu chaqiriqlarga javob qaytaramiz", deya va’da berdi.

Yangiliklar lentasi
0