06:34 17 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v Vashington

Shavkat Mirziyoyev AQShga keldi: amerikaliklar uni qanday kutib olishdi

© Press slujba prezidenta Respubliki Uzbekistan
Siyosat
Havola olish
Shavkat Mirziyoyevning AQShga birinchi rasmiy tashrifi (20)
159240

Prezident samolyoti Vashingtondagi "Endryus" aeroportiga qoʻndi.

TOSHKENT, 16 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi boshlandi.

Prezident samolyoti Vashingtondagi "Endryus" aeroportiga qoʻndi. Shavkat Mirziyoyevni AQSH Davlat departamenti rahbariyati va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v Vashington
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v Vashington
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v Vashington
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v Vashington
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v Vashington
Prezident Shavkat Mirziyoyev pribыl v Vashington

Prezident matbuot xizmati tarqatgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Shavkat Mirziyoyev 16 may kuni Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar avval tor doirada, keyin keng doirada boʻlib oʻtadi. Keng doiradagi muzokaralarda Oʻzbekiston va AQSH rasmiy delegatsiyasi vakillari ishtirok etadi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.

16 may kuni kechqurun Oʻzbekiston tomonidan rasmiy qabul marosimi oʻtkaziladi. Unda AQSH maʼmuriyati rahbariyati, vazirlik va idoralar, yirik kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari ishtirok etadi.

Prezident 17 may kuni Pentagonga tashrif buyurib, AQSH mudofaa vaziri bilan muzokara oʻtkazadi. Kapitoliyda Kongressmenlar va senatorlar bilan uchrashib, mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Jahon banki prezidenti bilan ham uchrashib, Oʻzbekiston iqtisodiyotiga investitsiya jalb etish boʻyicha muzokara olib boradi.

Mavzu:
Shavkat Mirziyoyevning AQShga birinchi rasmiy tashrifi (20)

Asosiy mavzular