Azizov: O‘zbekiston va Rossiya hamkorligi kelajakda ham rivojlanib boradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMinistr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov
Ministr oboroni Uzbekistana Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mudofaa vaziri kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik ta’minot, qismlarning harbiy tayyorgarligi bo‘yicha bo‘yicha ikki mamlakat orasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yuqori baholadi.

TOShKENT, 22 may – Sputnik. O‘zbekiston Rossiyani butun dunyo obro‘siga sazovor bo‘lgan mamlakat sifatida qabul qiladi va barcha sohalarda aloqalarni rivojlantirishni niyat qilgan, dedi O‘zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda.

Azizov Rossiya — O‘zbekiston harbiy va harbiy-texnik hamkorligini yuqori baholab, Rossiyaning “tajribasi va kuchini” qayd etdi, RIA Novosti xabariga asosan.

“Biz Rossiya qiyofasida butun dunyoda va hududda obro‘ga sazovor bo‘lgan mamlakatni ko‘rmoqdamiz. Bizning tarixiy aloqalarimiz: madaniy, iqtisodiy – bularning hammasini tashlab yuborish mumkin emas. Ikki mamlakatni bog‘lab turgan aloqalarni kelajakda ham rivojlantiramiz, deb o‘ylayman”, — dedi Azizov.

O‘zbekiston mudofaa vaziri kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik ta’minot, qismlarning harbiy tayyorgarligi bo‘yicha bo‘yicha ikki mamlakat orasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni ham aytib o‘tdi.

“Rossiyalik mutaxassislar juda ko‘p yordam bermoqda. O‘zbekiston vakillari ham “ArMI” o‘yinlari va “Armiya” forumida ishtirok etmoqda. Ijobiy natijalar ham kuzatilmoqda”, — dedi Azizov.

O‘zbekiston mudofaa vaziri aytishiga ko‘ra, ikki mamlakat rahbarlarining uchrashuvi Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari rivojlanishiga yangi turtki berdi.

Yangiliklar lentasi
0