21:54 19 Sentyabr 2019
Efir
  • RUB146.51
  • EUR10421.13
  • USD9411.30
Neboskrebы v gorode Tsindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika

SHHT sammiti: port-shahar Tsindaoda nimalar boʻlishi kutilmoqda?

AFP
Siyosat
Havola olish
32310

Xitoyning Tsindao shahrida boʻlib oʻtadigan SHHT sammiti hisob boʻyicha 18 bor oʻtkazilmoqda. Sammitning oliy darajadagi mehmonlari sharafiga tantanali qabul marosimi hamda chiroqlar shousi oʻtkaziladi

TOSHKENT, 29 may — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Shanxay Hamkorlik Tashkilotining 18-sammiti Xitoyning port-shahri Tsindaoda 9-10 iyun kunlari oʻtkaziladi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchisi Tszyan Yan 29 may kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan brifing davomida maʼlum qildi.

Tszyan Yan xonim, shuningdek, oʻz chiqishi davomida Tsindaoda boʻlib oʻtadigan yirik tadbir tafsilotlari haqida toʻxtaldi.

Elchining aytishicha, oliy darajada boʻlib oʻtadigan uchrashuvda tashkilotga aʼzo sakkiz mamlakat yetakchilari toʻplanishadi. Shuningdek sammitda kuzatuvchi-mamlakatlar maqomiga ega toʻrt davlat rahbarlari, BMT va xalqato tashkilotlar vakillari ishtiroki kutilmoqda.

XXR Raisi Si Tszinpin tantanali qabul marosimini uyushtiradi, shuningdek mehmonlar sharafika feyerverkli chiroqlar shousi oʻtkaziladi", — dedi elchi. 

"Bu mamlakatlarda sayyoramizning yarim aholisi istiqomat qiladi, ushbu mamlakatlar global YAIMning 20%ini taʼminlaydi", — deb taʼkidlab oʻtildi brifing davomida.

Sammit davomida mintaqaviy xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.

"Shanxay sakkizligi" uchrashuvi yakuni boʻyicha 20ga yaqin hujjatlar imzolanishi kutilmoqda. Xususan, uzoq muddatli yaxshi qoʻshnichilik, doʻstlik va keyingi besh yil davomida hamkorlik Kelishuvi nizomini hayotga tatbiq etish shular jumlasidandir.

Sammitning asosiy hujjati Tsindao deklaratsiyasi boʻlishi kutilmoqda. Bu hujjatda SHHT aʼzo-mamlakatlari oʻzining mintaqalagi holat boʻyicha soʻnggi qarorini muhrlaydilar. Shuningdek, sammit doirasida koʻplab ikkiyoqlama uchrashuvlar, tor va keng doiradagi uchrashuvlar boʻlishi, ushbu uchrashuvlar yakuni boʻyicha ham koʻpgina hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular