Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi IT, tibbiyot va turizm loyihalarni muhokama qilishdi

Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Narendroy Modi
Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Narendroy Modi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ShHTning Sindao sammiti doirasida Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident RF Vladimir Putin i prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev (sleva) vo vremya vstrechi na polyax sammita Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v kitayskom Sindao. - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammitida Mirziyoyev va Putin qanday masalalarni muhokama qilishdi

Shavkat Mirziyoyev Hindiston xalqini Shanxay hamkorlik tashkilotiga to‘la a’zo bo‘lgani, ShHT davlat rahbarlari uchrashuvida yangi maqomda qatnashayotgani munosabati bilan tabrikladi. Shuningdek, mazkur uchrashuv avval erishilgan kelishuvlar ijrosini muhokama qilish va hamkorlikning istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Narendra Modi O‘zbekiston Hindistonning ShHTga a’zolikka qabul qilinishini qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu O‘zbekiston bilan hamkorlikni ham o‘zaro, ham mintaqaviy miqyosda rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini qayd etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy, investitsiyaviy, innovatsiya va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, turizm kabi yo‘nalishlarda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligi qayd etildi.

Yangiliklar lentasi
0